Endi App Store va Google Play'da

Pullaringizni tartibli boshqaring

Xarajatni yozmaguncha uni boshqara olmaysiz.

Baraka daftari — daromad va xarajatlar, byudjet, jamg'arma va qarzlarni bitta joyda yuritadigan shaxsiy moliya daftari. Bir necha soniyada yozing, qolganini ilova hisoblaydi.

  • Reklamasiz
  • Internetsiz ham ishlaydi
  • O'zbek, rus va ingliz tillarida
Oy qoldig'i18 829 715 so'm
Jamg'arildi+1 399 000 so'm
9:41
Baraka daftari ilovasining asosiy oynasi
Imkoniyatlar

Moliyangiz uchun kerak bo'lgan hamma narsa

Oddiy daftardek sodda, lekin hisob-kitobni o'zi qiladi.

Kirim-chiqim daftari

Har bir yozuv — summa, kategoriya, sana va to'lov usuli bilan. Xohlasangiz, chek rasmini ham biriktiring.

Oylik va yillik hisobot

Diagrammalar, kategoriyalar bo'yicha taqsimot va xarajatlarning zaruriyat darajasi — bir qarashda.

Byudjet

Kategoriyaga oylik limit qo'ying — chegaraga yaqinlashganingizda ilova ogohlantiradi.

Jamg'arma

Moliyaviy yostiq, maqsadlar va investitsiya kapitali — har biri alohida hisobda.

Qarz va nasiyalar

Kimga qancha berdingiz, kimdan oldingiz, bo'lib to'lash jadvali va keyingi to'lov sanasi.

Bir nechta valyuta

So'm, dollar va rubl. Markaziy bank kurslari har kuni yangilanadi.

Eslatmalar

Kunlik eslatma va maosh kuni haqida xabar — yozishni unutmaysiz.

Ilova qulfi

PIN-kod, barmoq izi yoki Face ID bilan himoyalang.

Qanday ishlaydi

Uch qadamda tartibli moliya

Yuklab oling

Google, Apple yoki email orqali kiring — yoki ro'yxatdan o'tmasdan boshlang.

Yozib boring

Daromad va xarajatni bir necha soniyada qo'shing. Oy qoldig'i o'zi hisoblanadi.

Tahlil qiling

Hisobotlar pulingiz qayerga ketayotganini va qayerda tejash mumkinligini ko'rsatadi.

Daftar

Xarajat va daromadlarni aniq yuriting

Summani kiriting, kategoriyani tanlang — tamom. Valyuta, sana, to'lov usuli va izoh ham bir oynada.

  • Kategoriyalarni o'zingiz yarating
  • Chek rasmini biriktiring
  • Qidiruv va filtrlar butun tarix bo'yicha
9:41
Hisobot

Oylik va yillik statistika — bir qarashda

Qaysi oy ko'p sarfladingiz va nimaga — diagramma va jadvallarda ko'rinadi.

  • Kategoriyalar bo'yicha taqsimot
  • Zarur, kerakli va havas xarajatlari
  • Valyutalar bo'yicha jadval
9:41
Qarzlar

Qarz va nasiyalar nazoratda

Kimga qancha berdingiz, bo'lib to'lash qachon — hammasi muddati bilan saqlanadi.

  • Bo'lib to'lash jadvali
  • Qisman to'lovlar tarixi
  • Keyingi to'lov sanasi
9:41
Xavfsizlik

Ma'lumotlaringiz — faqat sizniki

Bulutda saqlanadi

Telefon almashsa ham yozuvlaringiz yo'qolmaydi.

Reklama yo'q

Ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga sotilmaydi.

Istalgan vaqtda o'chirish

Hisobingizni barcha ma'lumotlari bilan birga o'chirishingiz mumkin.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Ilova pullikmi?

Yo'q, Baraka daftari bepul va reklamasiz. Xohlasangiz, ilova ichidagi «Hissa qo'shish» orqali loyihani qo'llab-quvvatlashingiz mumkin.

Internetsiz ishlaydimi?

Ha. Yozuvlar avval telefonda saqlanadi va internet paydo bo'lganda bulutga yuboriladi.

Telefonimni almashtirsam, ma'lumotlarim nima bo'ladi?

Yangi telefonda o'sha hisob bilan kiring — barcha yozuvlaringiz joyida bo'ladi.

Ro'yxatdan o'tish shartmi?

Yo'q, ro'yxatdan o'tmasdan boshlashingiz mumkin — ma'lumotlar telefonda saqlanadi. Keyinroq hisob ochsangiz, ular hisobingizga ko'chiriladi.

Qaysi tillarda ishlaydi?

O'zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida. Tilni ilova sozlamalarida o'zgartirish mumkin.

Hisobimni qanday o'chiraman?

Ilovada: Profil → Hisobni o'chirish. Batafsil — «Hisobni o'chirish» sahifasida. →

Bugundan boshlab pulingizni tartibli yuriting

Baraka daftari App Store va Google Play'da bepul.